Insultni 30 soniyada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi

Foto: Journal of Neurointerventional Surgery
Amerikalik tadqiqotchilar 30 soniya ichida 92 foiz aniqlik bilan insultni aniqlashga qodir qurilmani ishlab chiqishdi. Journal of Neurointerventional Surgery shu haqidagi maqola bilan bo‘lishdi.
Ishlab chiqaruvchilar yangi qurilmani 248 nafar ishtirokchida sinab ko‘rishdi, ulardan 41 nafari o‘tkir insultdan aziyat chekkan, 128 nafarida esa kasallik belgilari nisbatan kamroq bo‘lgan, 79 nafari sog‘lom kishilar bo‘lishgan.
Ta'kidlash joizki, qurilma yordamida miyani tadqiq qilish atigi 30 soniya vaqtni olgan. 93 foiz holatlarda insultga chalingan bemorlarni aniqlashning uddasidan chiqilgan, 92 foiz holatda esa - sog‘lom kishilarni xastalardan ajratishga muvaffaq bo‘lingan. Bugungi kunda amalda qo‘llanuvchi tibbiy qurilmalar esa 40-89 foiz holatlardagina insultni aniqlashi mumkin.
Radioto‘lqinlar yordamidagi qurilma miyadagi suyuqlikning harakatlanishini tekshiradi. Insultda u qon tomirlari o‘tkazuvchanligidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. O‘zgarishlar qanchalik kuchli namoyon bo‘lsa, bemor miyasiga ziyon shunchalik jiddiy bo‘ladi.
Insult aniqlangan taqdirda bemorga 24 soat ichida operatsiya o‘tkaziladi, biroq kasallikdan so‘ng har soat uning ijobiy yakun topish imkoni 20 foizga kamayadi, deya izoh berishmoqda tadqiqotchilar. Shuning uchun insultni imkon qadar tezroq aniqlagan ma'qul. Olimlar qurilma qimmatli vaqtni tejashga yordam berishiga umid qilishmoqda.
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Qozog‘iston mintaqalarining yarmidan ko‘pida aholi soni kamayishi davom etmoqda
Jahon | 15:49
-
TAQA va Mubadala Talimarjon energetika majmuasidagi IESni sotib oldi
O‘zbekiston | 15:33
-
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?
O‘zbekiston | 15:31
Mavzuga oid

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

22:32 / 22.03.2025
Insultdan keyin fizioterapiya o‘rnini bosadigan dori yaratildi

14:36 / 04.01.2025
Kuniga 9 soatdan ko‘p uxlash insultga sabab bo‘lishi mumkin - tadqiqot

08:14 / 13.10.2024