Sport | 16:14 / 27.03.2018
12023
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov boshqa qit'a chempionlar ligasi 1/2 finalida hakamlik qiladi

FIFA referisi Ravshan Ermatov KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida «Amerika FK» (Meksika) va «Toronto» (Kanada) klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Ermatovga uchrashuvda qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.

Qayd qilinishcha, aslida Ermatov boshchiligidagi hakamlar 3 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida  «Shanghay Shenhua» (Xitoy) – «Kashima Antlers» (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangandi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan almashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov JCh-2018ni boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Yakuniy ro‘yxat tez orada e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid