O‘zbekiston | 14:10 / 19.03.2018
7817
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori: Samarqand shahrida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.

Qaror bilan Samarqand viloyatining 14 ta tuman (shahar)larida jami 53,1 gektar maydonda kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Mavzuga oid