Tramp xorijiy po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovlari kiritilishini rasman e'lon qildi

Foto: AP Photo / Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovlari kiritilishini rasman e'lon qildi.
“Bugun Amerikaning milliy xavfsizligini himoyalash maqsadida xorijiy po‘lat va alyuminiy importiga boj to‘lovlari kiritaman. Bizda po‘latga 25 foiz va alyuminiyga 10 foiz miqdorda boj bo‘ladi”, deb aytgan Tramp. U xorijiy ishlab chiqaruvchilarni dempingda ayblagan va shu sababli AQSh sanoatining bu sohalariga putur yetganini aytgan. Trampning ta'kidlashicha, Xitoyning o‘zigina AQSh bir yilda ishlab chiqaradigan po‘latni bir oyda ishlab chiqaradi.
“Soliq to‘lashni istamasangiz, o‘z fabrikangizni AQShga ko‘chiring va soliq bo‘lmaydi”, deb aytgan Oq uy rahbari.
Trampning aytishicha, Vashington savdo hamkorlari munosabatini bilish uchun kamida 15 kunga boj to‘lovlarini kiritmay turadi. “Ko‘ramiz, kim biz bilan halol, kim nohalol ish yuritarkin”, deb aytgan Tramp.
Oq uyda mahsuloti AQSh milliy xavfsizligiga xavf solmaydigan davlatlar yangi boj to‘lovlaridan istisno qilinishlari mumkinligi aytildi. “AQSh prezidenti Kanada va Meksika alohida holatligini tan oladi va bu davlatlar bilan xavotirimizni hal qilish uchun muzokaralarni davom ettiradi”, deyilgan Tramp ma'muriyatida.
“Agar u yoki bu davlatdan import milliy xavfsizligimizga boshqa ziyon yetkazmasligi yoki xavf solmasligini kafolatlovchi muqobil vositalar haqida kelishuv bo‘lsa, bojlar modifikatsiya yoki bekor qilinishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Mavzuga oid

07:40 / 11.02.2025
Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik bojlarni joriy qildi

08:20 / 10.02.2025
Tramp po‘lat va alyuminiy importiga bojlar haqida e’lon qildi

16:47 / 20.01.2025
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik qurilishi yakuniga yetmoqda (foto)

20:47 / 30.09.2024