FVV qutqaruvchilari ekshn-kameralar bilan ta'minlanadi

Foto: fvv.uz
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari mart oyining oxirigacha qutqaruv ishlarini olib borish jarayonlarida o‘z harakatlarini qayd etish imkonini beruvchi «Ekshn» kameralari bilan ta'minlanadi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Ushbu yangilik qidiruv-qutqaruv jarayonlarini va boshqa ishlarni amalga oshirishda qutqaruvchilarning harakatlarini tahlil qilishga, ularning xatosini aniqlashga yordam berib, bu o‘z navbatida kelgusidagi tadbirlarni bexato va samarali bajarish choralarini ko‘rish imkonini beradi.
Andijon, Buxoro, Namangan, Toshkent viloyatlari qutqaruv tuzilmalari «Ekshn» kameralaridan foydalanishni boshlashdi. Ushbu kameralar yordamida qutqaruvchilar o‘z ishidan chalg‘imasdan, aholiga yordam berish tadbirlari hamda qutqaruv jarayonlarini tasvirga olishlari mumkin.
«Ekshn» kamera – raqamli kamera hisoblanib, ixcham va sifatli tasvirga oladi. Ushbu kamera kichik hajmga va yengil vaznga ega bo‘lib, u kaska va kiyim-kechak, jihozlar yoki har qanday kiyim elementlariga osonlikcha o‘rnatilishi mumkin.
Mavzuga oid

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

11:45 / 14.04.2025
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi

14:51 / 11.04.2025