Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen maymunlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi

Foto: Volkswagen
Volkswagen kompaniyasi hayvonlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblandi. Kompaniyaga qarshi AQShda berilgan sud arizasiga ko‘ra, kompaniya 2014 yilda germetik kameraga 10 ta maymun qamab qo‘yilib, ularga multfilm qo‘yib berilib, dizelda ishlovchi Volkswagen Beetle modelidan chiqayotgan chiqindi gazlar bilan nafas olishga majbur qilingan tajribani moliyalashtirgan. Bu haqda New York Times nashri xabar bermoqda.
Tajriba Albukerkedagi nafas yo‘llari kasalliklari tadqiqot institutida transportning atrof-muhit va salomatlikka ta'sirini o‘rganish bo‘yicha Yevropa guruhi buyurtmasi bilan o‘tkazilgan. Ushbu tajribaga mablag‘larni Volkswagenֹ’dan tashqari, Daimler va BMW ham ajratgan.
Sinovlardan maqsad zamonaviy dizel dvigatellar avvalgi dvigatellardan ancha xavfsizroq va tozaroq ekanini isbotlash bo‘lgan. Biroq tadqiqot o‘tkazuvchi olimlarga avtomobillarda zararli chiqindilar miqdorini kamaytiruvchi maxsus dasturiy ta'minot qo‘llanishini ma'lum qilishmagan.
Volkswagen’ning eng yirik aksiyadori hisoblanuvchi Quyi Saksoniya hukumati ushbu tajribalar haqida ma'lumotlarni to‘liq oshkor qilishni va kelgusida bunday tadqiqotlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.
O‘z navbatida Volkswagen rahbariyati ushbu holat yuzasidan uzr so‘ragan va o‘sha vaqtda tanlangan ilmiy usullar xato bo‘lganini aytgan. Daimler va BMW kompaniyalarida tadqiqotlar qonuniy bo‘lgani va yetakchi ilmiy-tadqiqot instutlari olimlaridan iborat maslahat kengashi tomondan ma'qullangani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

12:58 / 21.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

17:48 / 12.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

22:13 / 16.01.2025