Davlat organlari va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlari muhokama qilindi

Foto: KUN.UZ
26 yanvar kuni Xalqaro hamkorlik markazida Maslahatlashuv kengashining "O‘zbekiston Respublikasida Davlat-xususiy sektor hamkorligi (DXSH) mexanizmlarini qo‘llash" mavzuidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qator vazirliklar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda huquqshunoslik fanlari doktori, Huquqiy muammolarni o‘rganish markazining direktori Shamil Asyanov, YeIning Qozog‘istondagi vakolatxonasi katta menejyeri Ilya Novikov, Centil kompaniyasining O‘zbekistondagi hamkori U.Aripjanov va boshqalar so‘zga chiqib, O‘zbekiston qonunchiligida Davlat-xususiy sektor hamkorligining fuqarolik-huquqiy aspektlari, infratuzilmaviy cheklovlarni olish, mamlakatda DXSH loyihalarini amalga oshirishning amaliy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda fikr bildirib, zarur tavsiyalar bilan bo‘lishishdi.

Shuningdek, qator vakolatli mutaxassislar, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham davlat organlari va biznes-hamjamiyati o‘rtasidagi tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishga doir tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Xalqaro tuzilmalar vakillari eng yaxshi jahon tajribalari misolida o‘z tavsiyalarini berishdi.
Ta'kidlash joizki, "Davlat-xususiy sektor hamkorligi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi O‘zbekistonda DXSH mexanizmini yo‘lga qo‘yishdagi birinchi qadam bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
Mavzuga oid

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

21:23 / 21.04.2025
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi

16:59 / 08.04.2025