AQSh Iroqdagi qo‘shinlari sonini qisqartirmoqda
AQSh Iroqdagi harbiy kontingenti sonini ancha qisqartirdi. Bu haqda AQShning Bag‘doddagi elchisi Duglas Silliman jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning aytishicha, AQShning Iroqdagi harbiylari soni Bag‘dod bilan kelishilgan.
“Amerikalik harbiylar Iroqda harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun mavjud emas. Ular iroqlik harbiylarga maslahat beradilar”, deb aytdi Silliman.
Diplomatning aytishicha, yaqin kelajakda AQShning Iroqdagi kontingenti yana ham ko‘proq qisqaradi.
Elchi, shuningdek, Iroq kurd mintaqaviy ma'muriyati va Bag‘dod hukumatlari o‘rtasidagi kelishmovchilikka izoh berdi.
“AQSh yaxlit Iroqni istaydi hamda Irbil va Bag‘dod o‘rtasidagi muloqotga muhim ahamiyat beradi. Biz Bag‘dodni Iroq kurd mintaqaviy ma'muriyatidagi davlat xizmatchilari maoshini to‘lab berishga va Irbil bilan birgalikda mamlakatning shimoliy chegaralari ustidan nazorat o‘rnatishga chaqiramiz”.
Mavzuga oid

18:18
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

17:13
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin

13:43
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

12:45