Jahon | 15:41 / 08.01.2018
5261
1 daqiqa o‘qiladi

Eron YeI bilan yadroviy bitim bo‘yicha maslahatlashib olmoqchi

Foto: Reuters

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning ma'lum qilishicha, mamlakat Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan uch davlat bilan 2015 yilgi yadroviy bitim bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Zarifning ta'kidlashicha, Eron va jahondagi yetakchi davlatlar o‘rtasida 2018 yilda xavfsizlik bo‘yicha Ikkinchi Tehron konferensiyasi davomidagi yadroviy bitim juda muhimdir.

Avvalroq, AQSh ma'muriyati Donald Trampning va'dasini bajarib, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritmoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid