Dron egasi bolani akulalar hujumidan qutqarib qoldi (video)

Foto: Skrinshot
Bagam orollarida kichik yoshli bola va 4 ta akula ishtirokidagi video YouTube’da dekabr o‘rtalarida joylashtirilgan bo‘lsa-da, biroq dunyo ommaviy axborot vositalari unga yanvar boshidagina e'tibor qaratishdi.
Video muallifi Artyom Tkachenkoning aytishicha, u plyajda dron yordamida yon-atrofni suratga olayotganda drondan uzatilayotgan tasvirda suv chekkasida cho‘milayotgan bir bola yoniga 4 ta akula yaqinlashib kelayotganini ko‘rib qolgan. Shunda u bundan bexabar bolaga suvdan chiqishini aytib baqirgan.
YouTube’da rolik ostida qoldirilgan izohlarda bola haqiqatan ham xavf ostida qolgani borasida turli fikrlar bildirilgan va akulalar beozor enaga-akulalar ekanligiga e'tibor qaratilgan.
Mavzuga oid

11:41 / 12.03.2025
Dnipro dronlarning yirik hujumiga uchradi

15:03 / 04.03.2025
Dronlar Rostov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi

14:47 / 26.02.2025
Ukraina dronlari Tuapsedagi dengiz portiga hujum qildi

22:15 / 24.02.2025