Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Jizzaxda shoirlarga qo‘yilgan haykallar nuramoqda

Foto: Facebook / «Jizzaxliklar hamjamiyati»
Facebook’dagi «Jizzaxliklar hamjamiyati» guruhiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykalining nurayotgani aks etgan suratlar joylashtirildi.
«Suratlar ostidagi izohlarda esa foydalanuvchilar mazkur holat achinarli ekanligini, shoshma-shosharlik bilan bunyod etilgan haykallarga sifatli materiallar ishlatilmaganligini ta'kidlagan», deb xabar berdi «Sangzor.uz».
Mazkur yodgorlik tantanali tarzda 2017 yilning noyabr oyi boshida ochilgan edi. Haykallar sifatsiz xom ashyodan shoshma-shosharlik bilan yasalgani tufayli nurab tushmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan amalga oshirilgan mazkur yodgorlikni bunyod etish ishlari aprelda boshlangan edi. Juda ham qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar natijasida anchagina qarovsiz holga kelib qolgan xiyobon hududi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Quruvchilarning sa'y-harakati natijasida noyabr oyida ushbu hududda nafaqat haykal o‘rnatildi, balki Xo‘ja Nuriddin madrasasi rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylari, unga tutash binoda esa davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov muzeylari ish boshladi.
Ayni vaqtga kelib, bunyod qilinganiga ikki oy o‘tar-o‘tmas haykallar mana shunday ko‘rinishga kelib qolgan.


Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:16 / 03.03.2025
Zulfiya mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

07:46 / 09.11.2022
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi yangilangan tarkibi tasdiqlanadi

20:13 / 29.07.2020