Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film suratga olinmoqda
«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan «New sight media» ijodiy studiyasi tomonidan shoir, dramaturg Hamid Olimjon hamda shoira Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Muhabbat bahori» nomli badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, filmda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi. Unda jumladan, 1920-1940 yillar voqeliklarini ko‘rish mumkin.
«Suratga olish ishlari joriy yilning noyabr oyida tugallanishi rejalashtirilgan bo‘lib, shoir Hamid Olimjon tavalludining 111 yilligi munosabati bilan dekabr oyida premera bo‘lishi kutilmoqda.
Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Film rejissyori Ibrohim Rasulov, ssenariy mualliflari Mikoil Sulaymanov va Zulfiya Qurolboy qizi, postanovkachi-operator esa Tal'at Mansurov», – deyiladi agentlik ma'lumotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Muhabbat bahori»da bosh rollarni Hamza Hasanov (Hamid Olimjon), Shahnoza Hojimurodova (Zulfiya), Shohida Ismoilova, Abdurayim Abduvahobov, Mehriddin Rahmatov ijro etgan. Unda shuningdek, viloyat teatrlarining ko‘plab mohir aktyorlarini ham ko‘rish mumkin.
Film rejissyori Ibrohim Rasulovning aytishicha, «Muhabbat bahori»da Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonimning bir-biriga sadoqati, ularning adabiyotga qo‘shgan hissasi, Hamid Olimjonning arboblik ishlari haqida so‘z yuritiladi.
«Filmni suratga olish ishlari yurtimizning turli hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, uning ma'lum sahnalarini Hamid Olimjon yashagan hovlida ham suratga olish rejalashtirilgan, - deydi u.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:16 / 03.03.2025
Zulfiya mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

14:10 / 21.06.2023
IIV badiiy film suratga olish jarayonlaridagi sahnalar bo‘yicha izoh berdi

07:46 / 09.11.2022