Hindistonda xorijliklar uchun mini-turma ochiladi

Foto: RIA "Novosti"
Hindistonning Goa g‘arbiy shtati ma'muriyati Mapusa shahridagi eski qamoqxonani ta'mirdan chiqaradi va uni xorijiy davlatlardan bo‘lgan hamda viza rejimini buzgan fuqarolarni hibsda saqlash uchun qo‘llaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Bunday markazni barpo etishga sabab shundan iborat bo‘ldiki, ko‘plab xorijliklar bu yerga kelib, mahalliy kurortlarda Hindiston vizalari bilan ruxsat berilgan muddatdan ham ko‘proq vaqtga qolishadi. Qonunbuzarlar hujjatlarni rasmiylashtirish davrida markazda saqlanadi, keyin esa vatanlariga chiqarib yuboriladi.
Shu bilan birga, har bir qo‘lga olingan shaxs haqida u kelgan davlat elchixonasiga xabar qilinadi, deya aytib o‘tdi Goa politsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Rupinder Kumar.
Markaz yaqin vaqt ichida ochilishi haqidagi yangilik tezda butun shtat bo‘ylab tarqaldi, uni mahalliy fuqarolar “bepul mehmonxona”, deb atashmoqda. Ularning aksariyati fikricha, Goada anchadan beri shunday markazga ehtiyoj bor edi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

13:10 / 01.11.2024
O‘zbekiston aviakompaniyasi Goaga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

14:30 / 21.01.2023
Bomba borligi aytilgan samolyot O‘zbekistonga majburan qo‘ndi

16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi

19:05 / 06.07.2021