Saakashviliga qidiruv e'lon qilindi

Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Ukraina bosh prokuraturasi Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga qidiruv e'lon qildi. Bu haqda bosh prokuror matbuot kotibi Larisa Sargan o‘z tvitterida ma'lum qilgan.
«Saakashviliga qidiruv e'lon qilindi… Milliy politsiya va Ukraina Xavfsizlik xizmatlari operativ bo‘linmalariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan», — degan Sargan.
Saakashvili seshanba kuni o‘z uyida UXX xodimlari tomonidan jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish aybi bilan qo‘lga olingandi. Ammo Saakashvilining tarafdorlari uni qutqarishdi va ular bir bo‘lib Kiyev markaziga prezident Poroshenko impichmentini talab qilish uchun yo‘l olishdi.
Bosh prokuror Yuriy Lutsenko Saakashvili Kiyevdagi aksiyalarni mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichdan, shuningdek, uning tarafdori bo‘lgan biznesmen Sergey Kurchenkodan pul olayotgani, bu harakatlar Ukrainada davlat to‘ntarishi uyushtirishga qaratilganini ma'lum qildi. Saakashvili barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Bundan avvalroq, Kiyevdagi Oliy Rada qarshisida paydo bo‘lgan lagerda Saakashvilini qidirayotgan politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:43 / 12.03.2025
Rossiya qo‘shini Sudjaga kirdi

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

16:24 / 12.03.2025
«Tinchlik uchun yaxshi kun» - Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?

13:01 / 12.03.2025