Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baidu va Xiaomi IoT alyansini tashkil etadi

Foto: techcrunch.com
Xitoyning Google va Apple kompaniyalari hisoblanuvchi — Baidu va Xiaomi — buyumlar interneti va sun'iy intellekt negizida ishlaydigan tizimlarni ishlab chiqish uchun birlashishga qaror qildi. Baidu va Xiaomi IoT va SI texnologiyalarida ishlaydigan qurilmalar ishlab chiqarish ustida sa'y-harakatlarini birlashtiradi. Kompaniyalar Xiaomi tomonidan Pekinda tashkil etilgan ilk IoT- ishlab chiqaruvchilari konferensiyasida hamkorlik qilishlarini e'lon qilishdi.
TechCrunch portalining yozishicha, Xitoy IT-gigantlari birgalikda kompyuter orqali ko‘rish, ovozni tanish, chuqur o‘rganish va boshqa sun'iy intellekt texnologiyalar yordamida ishlaydigan qurilmalar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari Baidu uchuvchisiz tizimlarni barpo qilish, virtual va qo‘shimcha reallik sohalarida keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Xiaomi kompaniyasi esa, unga bu borada ko‘maak berishi kutilmoqda.

Kuchlarni birlashtirish Xitoy kompaniyalariga Amazon, Google, Microsoft va Apple kabi xorijiy gigantlar bilan raqobat qilishda qo‘l keladi. Xitoy uchun raqobatchilarni yo‘qotish rivojlanishning yangi strategiyasi bilan asoslangan jiddiy zaruriyatdir. Mamlakat 2030 yilga kelib sun'iy intellekt borasida jahon yetakchisi bo‘lishdek ulkan maqsadni ko‘zlamoqda. Bu rejani amalga oshirish uchun Xitoy fan va texnologiyalar vazirligi sun'iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchi guruhni tashkil etdi. Unga Baidu, Tencent va Alibaba kompaniyalari ham kiritildi.
Mavzuga oid

15:53 / 27.06.2025
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi

14:55 / 24.06.2025
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi

18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi

16:47 / 19.03.2025