Qirg‘iziston Ostona bilan kelishuvini bekor qildi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qozog‘iston bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yordam berishni ko‘zda tutar edi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qirg‘iziston parlamenti mazkur kelishuvni bekor qilish bo‘yicha qonunni o‘tgan hafta qabul qilgan edi.
Kelishuv 2016 yili Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida imzolangan edi. U Qozog‘istonning Qirg‘izistonga 100 mln dollar yordam berishini tartibga solar edi. Ostona bu pulni Qirg‘iz respublikasining YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga tezroq integratsiya jarayonlariga ko‘maklashish maqsadida ajratishi belgilangandi.
Qirg‘iziston TIV "belgilangan tartibda Qozog‘iston respublikasi hukumatini kelishuv va protokollar bekor qilinganidan xabardor qiladi".
Kelishuvni bekor qilish ikki qo‘shni mamlakat munosabatlari yomonlashayotgan bir vaqtda kuzatilmoqda. Atamboyev Qozog‘istonni prezidentlik sayloviga aralashganlikda ayblagach, ikki davlat hukumatlari o‘rtasiga sovuqchilik tushdi.
Mavzuga oid

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025