Jamiyat | 14:20 / 13.11.2017
14652
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar kukumariyadan olingan modda saraton hujayralarini o‘ldirishini aytmoqda

Foto: Depositphotos / vodolaz

Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq bo‘limi, Uzoq Sharq Federal universiteti, shuningdek, Germaniya va Shveytsariya olimlari hamkorlikda uzoq sharq dengiz bodringi (kukumariya)dan olinadigan modda saraton hujayralarini o‘ldirishi mumkin. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

"Biologik faol bo‘lgan frondozid A birikmasining ta'siri qovuq va limfoma saratonida isbotlandi. Saratonning bu turi kimyoviy davolash dorilariga turg‘un hisoblanadi… Frondozid A p53 oqsili bo‘lmagan saraton hujayralarini o‘ldira oladi. Bu element sog‘lom hujayralarda bo‘ladi, ammo saratonda mutatsiyalashadi va o‘zining himoya vazifasini bajarmaydi. Kukumariyadan olingan modda shunchalik kuchliki, odatdagi kimyo terapiyasiga barqaror bo‘lgan saratonni ham o‘ldiradi", — deyiladi xabarda. 

Olimlarga ko‘ra, ushbu yangi biologik xususiyat saraton hujayralarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan bo‘lib, bu tirik organizmlarda tekshirilishi kerak. 

Kukumariya — goloturiyalar toifasiga kiruvchi ninatanali dengiz o‘simligi bo‘lib, qator foydali xususiyatlari bor. 

Mavzuga oid