Google HTC biznesining bir qismini 1,1 mlrd. dollarga xarid qilmoqda

Foto: Reuters
Amerikaning Google korporatsiyasi Tayvanning smartfonlar va planshetlar ishlab chiqaruvchisi – HTC biznesining bir qismini 1,1 mlrd. dollarga xarid qilmoqda. Bu haqda AFP HTC’ga tayanib xabar berdi. Kelishuv moliyaviy idoralar tomonidan ma'qullanganidan so‘ng, 2018 yilning boshida yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Google HTC’ning smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘linmalarini xarid qilish niyatida ekani xabar berilgandi. HTC korporatsiyasi aktivlarining ehtimoliy sotilishi haqida avgust oyi oxirida, uncha yaxshi bo‘lmagan moliyaviy ko‘rsatkichlar va savdolar fonida turli mish-mishlar tarqalgandi.
HTC 2016 yilda 12,6 mln. smartfon sotdi, bu 2015 yilga qaraganda 24 foizga kamdir.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025