Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar buyumlari va o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil qilinmoqda

Foto: TASHKENT SANHE TOY
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 iyul kunidagi “Toshkent shahridagi bolalar buyumlari va o‘yinchoqlarni zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonini ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zmilliybank” tomonidan umumiy qiymati 23.0 mln. AQSh dollari bo‘lgan beshta loyiha amalga oshiriladi.
Sobiq “Tashigrushka” fabrikasining 2,8 ga yerga ega bo‘lgan va bo‘sh turgan maydonida 700 xil turdagi plastmassa, yumshoq, bolalar ongini rivojlantiruvchi, mexanik, boshqariluvchi va boshqa bolalar buyumlari hamda o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish klasteri tashkil qilinadi.
Mazkur obekt loyihalari quvvati yillik 7 mln. dona o‘yinchoqlar, shundan 80 foizlik qismi eksportga yo‘naltiriladi.
Loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 950ga yaqin ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Klaster obektlaridan biri yangi tashkil etilgan “TASHKENT SANHE TOY” O‘zbek - Xitoy qo‘shma korxonasi hisoblanadi. Ushbu fabrika 12 ming kv.m. ega bo‘lgan bino hududida 200 xildan ortiq yillik 2.2 mln. dona yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 450 ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Fabrikani 2018 yil mart oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:56 / 12.04.2025
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

18:38 / 16.01.2025
Paxta bo‘yicha birjadagi fyuchers savdolarida taklifni klasterlar kiritadigan bo‘ldi

11:58 / 15.01.2025