Light | 20:20 / 08.09.2017
29273
6 daqiqa o‘qiladi

MDH davlatlarining bortida eng mazali taomlar beriladigan Top-10 aviakompaniyasi

2017 yilning birinchi yarim yilligida parvoz qilgan 22 mingdan ortiq yo‘lovchilarni so‘rovdan o‘tkazgan Tutu.ru xizmati bortida eng mazali va xushxo‘r taomlar beriluvchi MDH davlatlari aviakompaniyalari reytingini tuzib chiqdi, deb yozadi Forbes-Qozog‘iston.

 

Yo‘lovchilar eng mazali taomlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bortida beriladi, deb hisoblashar ekan

Foto: onemileatatime.img.boardingarea.com

O‘zbekiston Respublikasining davlat aviakompaniyasiga 1992 yilda asos solingan. Milliy aviakompaniya bugungi kunda jahoning 40dan ortiq shaharlari — Yevropa va Osiyo davlatlari, shuningdek Amerikaga doimiy parvoz qiladi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari jahonning 25 davlatida mavjud. Respublikaning aviakompaniya tarkibiga kiruvchi 11 aeroporti xalqaro maqomga ega.

Ikkinchi o‘rinda — «Eyr Astana»

Foto: aquatek-filips.livejournal.com

Yo‘lovchilar bortdagi taomlarni uyda tayyorlanadigan ovqatga o‘xshatishgan, menyuda go‘sht juda ko‘pligini qayd etishgan. «Eyr Astana» 2002 yilning 15 mayidan doimiy parvozlar uyushtirib kelmoqda, bugungi kunda Ostona va Olma-otadagi hablardan 60dan ortiq xalqaro va ichki reyslar amalga oshiriladi. Aviakompaniyaning havo floti 31 samolyotdan iborat. «Eyr Astana» 2012 yilda MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari ichida ilk bor Skytrax xalqaro agentligining 4 yulduz nufuzli reytingi hamda Markaziy Osiyo va Hindistonning eng yaxshi aviakompaniyasi unvoniga ega bo‘lgan. Har ikki nufuzli unvon keyingi yillarda ham qaytadan egallangan.

Rossiyaning «Alrosa» aviakompaniyasi uchinchi o‘rinni olgan

Foto: aviado.ru

Bu kichik aviakompaniya «Alrosa» — jahonda yetakchi olmoslar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli. Foydalanuvchilar doimo 3 xil taom taklif etilishi va ular mazali ekanini qayd etishgan.

To‘rtinchi o‘rinda — «Eyr Moldova»

Foto: belleo.livejournal.com

«Eyr Moldova» - Moldovaning fuqarolik aviatsiyasi milliy tashuvchisi. 1993 yilda tashkil etilgan. Kishinyov xalqaro aeroportida joylashgan.

Bir o‘rin pastda Belarusning milliy aviatashuvchisi — «Belavia» joylashgan

Foto: air-raser.livejournal

Uni ko‘pincha qisqa reyslarda ham taom bergani uchun alqashadi. Shtab kvartirasi Minskda joylashgan aviakompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. 17ta davlatda vakolatxonalarga ega. 27 davlatga 49ta yo‘nalish bo‘yicha reyslari mavjud.

Rossiya, MDH va Sharqiy Yevropaning eng yirik aviakompaniyasi — «Aeroflot» oltinchi o‘ringa munosib topildi

Foto: samolety.org

«Aeroflot»ning ichki reyslaridagi taomlar yo‘lovchilar tomonidan «bo‘ladi» deb baholangan, ya'ni maqtalmagan ham, yerga ham urilmagan. Xalqaro reyslardagi taomlar esa ancha maqtalgan. «Aeroflot» yo‘lovchilari parvoz davomida aviakompaniya muzqaymoq, mandarin kabi yoqimli narsalar tarqatishini ayniqsa maqtashgan.

Yettinchi o‘rinda Rossiyaning «S7 Airlines» aviatashuvchisi joylashgan

Foto: ru-airlinemeals.livejournal.com

Aviakompaniyaning juda ko‘p sodiq muxlislari bor va ular barcha reyslarda xushxo‘r taomlar berilishini qayd etishgan. «S7 Airlines» ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanadi. Novosibrskning «Tolmachyovo» va Moskvaning «Domodedovo» aeroportlari uning habi hisoblanadi. Shuningdek, Irkutsk, Xabarovsk va Vladivostokda qo‘shimcha hablari bor. «S7 Airlines» 2016 yilda 9,6 million yo‘lovchi tashib, bu borada «Aeroflot»dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

Sakkizinchi o‘rinda — Moldovaning «Fly One» aviakompaniyasi

Foto: Fly One

Kompaniyaga 2016 yilda asos solingan. 2016 yilning aprelidan boshlab «Fly One» Kishineyovdan: Antaliya, Iraklion, Rodosga charter reyslari amalga oshiradi. Iyun oyidan boshlab 9 yo‘nalish — Verona, Parma, Lissabon, Barselona, Moskva, Sankt-Peterburg, Voronej, London va Dublinga doimiy reyslar amalga oshirib kelmoqda.

To‘qqizinchi o‘rinda «Aeroflot»ning sho‘'basi — «Avrora» aviakompaniyasi

Foto: antonio-mag.livejournal.com

«Avrora» asosan Uzoq Sharqqa uchadi. Kompaniya Yujno-Saxalinsk, Vladivostok va Xabarovskda o‘rnashgan. 2013 yilning 6 noyabrida «Saxalinskiye aviatrassy» va «Vladivostok Avia»ning birlashishidan hosil bo‘lgan. Ular Uzoq Sharq va Sibirga mahalliy, shuningdek, Xitoy, Koreya va Yaponiyga xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

O‘ninchi o‘rinda Rossiyaning yana bir aviakompaniyasi — «Red Wings».

Foto: belleo.livejournal.com

Aviakompaniya 1999 yilda tashkil topgan. Ayni paytda kompaniya ixtiyorida sakkizta samolyot bor va ularning barchasi Rossiyada ishlab chiqarilgan Tu-204-100 rusumidagi samolyotlardir. Red Wings yil bo‘yi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab doimiy va charter reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Mavzuga oid