Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat»ga yangi rahbar tayinlandi
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga Umidjon Salimov tayinlandi. Kompaniyadagi manba Kun.uz nashriga ma'lumot berishicha, u 24 avgust kuni jamoaga yangi rahbar sifatida tayinlangan.
Umidjon Salimov bungacha kompaniya raisi o‘rinbosarlaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Endi u biroz avvalroq kompaniya rahbarligidan ketib, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK rahbariga aylangan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rnida ish boshladi.

Umidjon Salimov Zokirjonovich 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat texnika universitetini «Muhandis-dizayner» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan, 2007 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida aspiranturani tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.
U 1998 yildan 1999 yilga qadar «Avtodayjest» gazetasida ijrochi kotib bo‘lib ishlagan, 1999 yildan 2000 yilgacha «O‘zavtosanoat» uyushmasiga qarashli «Avtosaninvestproekt» korxonasi yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
2000 yildan 2004 yilgacha - «O‘zavtosanoat» uyushmasining moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza va kredit bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 2005-2007 yillarda «O‘zavtosanoat» AKning marketing boshqaruvi, savdo strategiyasi va eksportini rivojlantirish salohiyati mutaxassisi bo‘lib ishlagan, 2007-2009 yillarda «Jyeneral Motors O‘zbekiston» YoAJ yangi loyiha boshqarish bo‘limi bosh menejyeri, 2009-2011 yillarda «Jyeneral Motors Pauer-Treyn O‘zbekiston» YoAJ bosh direktori o‘rinbosari, 2011-2013 yillarda «O‘zavtosanoat» AK raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Umidjon Salimov 2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim markazi direktori, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2017 yil apreldan boshlab «O‘zavtosanoat» AJ Texnik siyosati va mahalliylashtirish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
AI-92 benzinning birjadagi boshlang‘ich narxi arzonlashtirildi
Iqtisodiyot | 10:30
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

15:26 / 10.07.2024