Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan va texnika, adabiyot, san'at hamda me'morchilik sohasidagi davlat mukofotlari berildi

Foto: President.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida»gi PF-5162-sonli farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident rasmiy saytida ma'lumot e'lon qilindi.
Farmon matni qo‘yidagicha:
1. O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta'sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2017 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san'atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma'naviy-ma'rifiy hayotida alohida e'tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e'tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun
Birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida (fan va texnika sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta birinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2017 yil uchun istisno tariqasida 2 ta birinchi darajali mukofot berilishi belgilansin):
- Ayupov Shavkat Abdullayevich, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, Omirov Bahrom Abdazovich, Roziqov O‘tkir Abdulloyevichga - «Noassotsiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish» fundamental tadqiqoti uchun;
- Inoyatova Flora Ilyasovna, Axmedova Dilorom Ilxamovna, Amonov Shavkat Ergashevichga - «Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalarning reabilitatsiyasi» amaliy tadqiqoti uchun;
adabiyot sohasi bo‘yicha:
- Qodirov Pirimqulga (marhum) - «Amir Temur siymosi» va «Til va el» asarlari uchun;
san'at va me'morchilik sohasi bo‘yicha:
- Matyakubov Otanazarga - o‘zbek klassik musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta'siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. «Maqomot», «Buxoro Shashmaqomiga yana bir nazar», «Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari», «O‘zbek klassik musiqasi asarlari» (ikki tomli, o‘zbek va rus tillarida) kabi musiqashunoslikka oid asarlar majmuasi uchun;
Ikkinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
- Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, Parpiyeva Nargiza Nusratovna, Belotserkovets Vera Georgiyevnaga - «O‘zbekiston Respublikasida aholiga ko‘rsatiladigan silga qarshi xizmatni takomillashtirishning fundamental asosini yaratish» amaliy tadqiqoti uchun;
adabiyot sohasi bo‘yicha:
Saidov Sirojiddin Salohovich (Sirojiddin Sayyid)ga - «Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi» kitobi uchun;
san'at va me'morchilik sohasi bo‘yicha:
- Shayakubov Shaxalil Karimovichga - «Zamonaviy O‘zbekiston miniatyurasi» (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albomi uchun.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Matviyenko: Rossiyada «demografik maxsus kuchlar» tuzildi
Jahon | 11:02
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
Mavzuga oid

15:17 / 20.06.2025
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

12:06 / 20.06.2025
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi

16:31 / 28.05.2025
Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

09:10 / 24.05.2025