Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 17 kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 avgust kunidagi 3194-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida qator kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saytida xabar berildi.
Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat korxonalari hamda kichik xususiy korxonalar rivojini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlanitirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida viloyat hududida 17 kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi.
1. Bekobod shahar KSZ - "Bekobodyulsanoat" korxonasi hududi;
2. Bekobod tuman KSZ - mexanik-ta'mirlash korxonasining sobiq garaji;
3. Ohangaron tuman KSZ - sobiq "O‘zbekiston" kollektiv xo‘jaligi garaji binosi va inshooti;
4. Olmaliq shahar KSZ - sobiq UQKning ishlab chiqarish maydoni;
5. Yuqorichirchiq tuman KSZ - tuman shifoxonasining sobiq tug‘ruq bo‘limi binosi;
6. Yangiyo‘l tuman KSZ - Yangiyo‘l 2503-avtokolonnasi;
7. Angren shahar KSZ - sobiq "Rezinotexnika" AJ qozonxonasi binosi;
8. Oqqo‘rg‘on tuman KSZ - "Oqqo‘rg‘on MTYo"ning bo‘sh binosi va inshooti;
9. O‘rtachirchiq tuman KSZ - "Toshkent temir-beton buyumlar zavodi" MChJ binosi va inshooti;
10. Quyichirchiq tuman KSZ - "Do‘stobod tajriba mexanika zavodi" MChJ binosi va inshooti;
11. Chirchiq shahar KSZ - "Suvoqava" DUKning qurilishi tugallanmagan obekti, "Chirchiqselmash" zavodi ishlab chiqarish hududining bir qismi;
12. Bo‘ka tuman KSZ - "Bo‘ka MTK"ning bo‘sh binosi va inshooti;
13. Pskent tuman KSZ - bo‘sh bino va "Pskent MTK" inshooti;
14. Bo‘stonliq tuman KSZ - "G‘azalkent oyna" AJ, shuningdek "O‘zenergosanoat" BBning bino va inshootlari;
15. Qibray tuman KSZ - sanatoriy-profilaktoriyning qurilishi tugallanmagan binosi;
16. Parkent tuman KSZ - "Parkent MTK"ning bo‘sh binosi va inshooti;
17. Chinoz tuman KSZ - "Qishloq xo‘jalik mahsulot ta'minot bazasi" DUKning foydalanilmagan binolari va inshootlari.
Hujjatga ko‘ra, KSZ hududida joylashgan ko‘chmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining nol stavkasi belgilanadi.
Shuningdek KSZ ishtirokchilari kichik sanoat zonalari uchun belgilangan soliq imtiyozlariga ega bo‘lishadi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rekonstruksiya va rivojlanish fondiga 50 million dollar hajmidagi kredit liniyasini ochish vazifasini topshirdi. Bu pullar import uskunalar va butlovchi qismlar xaridiga yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

15:22 / 27.06.2025