Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV xodimlarining muomala madaniyati oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari xodimlari uchun muomala madaniyatini oshirish choralari belgilab berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mamlakatning har bir fuqarosi ichki ishlar organlari xodimi timsolida o‘zining hayoti, sog‘lig‘i, sha'ni va qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan muhofaza qilishga va og‘ir damda yordam berishga tayyor bo‘lgan himoyachisini ko‘rishi hamda o‘zining xavfsizligi ta'minlanganligini his qilishi zarur.
Ushbu buyruq bilan ichki ishlar organlarining bu boradagi faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek xodimlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipiga har tomonlama va to‘laqonli amal qilishlarini ta'minlash hamda xodimlarning muomala madaniyatini yaxshilash va ularning bu boradagi shaxsiy javobgarligini oshirish maqsad qilib ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra quyidagi vazifalar belgilab qo‘yildi:
- muomala madaniyatiga rioya etish ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi;
- ichki ishlar organiga yoki aniq bir xodimga murojaat qilgan har qanday shaxs zudlik bilan qabul qilinishi va e'tibor bilan tinglanishi shart;
- ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlari o‘z xodimlarini qo‘pollik va loqaydlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari, o‘zaro va fuqarolar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish holatlariga qat'iy munosabat bildirishlari hamda xulq-atvor va muomala madaniyatlari bilan o‘zlari shaxsiy namuna ko‘rsatishlari zarur.
Ichki ishlar organlari xodimi:
- har doim aholi ko‘z o‘ngida ekanligini hamda ichki ishlar organlarining obro‘si uning xulq-atvoriga va xatti-harakatlariga bevosita bog‘liq ekanligini hamda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan har bir fuqaroga yordam ko‘rsatish aholida ichki ishlar organi faoliyati to‘g‘risida ijobiy fikrni shakllantirishini yodda tutishi;
- fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lishi, ularning murojaatlariga xolisona va vijdonan yondashishi, ayniqsa, bolalar, ayollar va qariyalarga alohida e'tibor qaratishi;
- ichki ishlar organlariga olib kelingan har bir inson shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligini yodda tutishi va aybsizlik prezumptsiyasi prinsipiga amal qilishi;
- fuqarolar bilan muloqotda sansalorlikka yo‘l qo‘ymasligi hamda bevosita o‘z vakolatlari doirasiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan fuqarolarni tegishli rahbar yoxud malakali mas'ul xodim bilan bog‘lashi;
- ichki ishlar organlariga chaqirilgan (olib kelingan) fuqaroga birinchi navbatda o‘zini tanishtirishi, unga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, uning chaqirilishi yoxud yo‘lda to‘xtatilishi sabablarini tushuntirib berishi, uning savol va tushuntirishlariga nisbatan e'tiborli bo‘lishi, unga taalluqli masalaga oid qonun hujjatlari normalarini tanishtirishi, basharti fuqaro takroran chaqirilgan hollarda uni zudlik bilan qabul qilishi hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilganligi uchun minnatdorlik bildirishi zarur.
Xodimlar uchun quyidagilar qat'iyan man etiladi:
- o‘zini fuqarolardan ustun qo‘yish, ularga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lish yoki qo‘pollik qilish, yolg‘on gapirish yoxud boshqa asossiz bahonalar bilan ularni chalg‘itish;
- fuqarolarni sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar va muomalaga (haqorat qilish) yo‘l qo‘yish, ularga nisbatan qonunga xilof ravishda jismoniy kuch ishlatish yoki shunday kuch ishlatish bilan qo‘rqitish;
- jismoniy shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishdan bo‘yin tovlash yoki ko‘rib chiqishni asossiz rad etish;
- xizmat zarurati bilan ichki ishlar organlariga chaqirilgan (olib kelingan) shaxslarni asossiz kuttirib qo‘yish;
- xizmatni olib borish vaqtida, shuningdek xizmat kiyimida spirtli ichimliklar iste'mol qilish.
Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan har bir fuqaroning muammosini atroflicha o‘rganish va o‘z vakolati doirasida qonuniy hal etish har bir xodimning xizmat burchi ekanligi ham ushbu buyruq orqali belgilab qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025