Aviakompaniyalar Qatarga amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatmoqda

Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman va Liviya mamlakatlari Qatar bilan aloqani uzganidan keyin olti aviakompaniya bu davlatga amalga oshiriluvchi reyslarni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqida Reuters xabar berdi.
Emirates va Etihad Airways (BAA), Saudia (Saudiya Arabistoni), Gulf Air (Bahrayn) va Egypt Air (Misr) Qatar poytaxti Dohaga reyslarni bekor qildi. Bundan tashqari, BAAdagi Flydubai ham shunday qaror qabul qildi.
Shuningdek Qatar Airways milliy aviakompaniyasi Saudiya Arabistoniga amalga oshiriladigan parvozlarni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlash joizki, bundan avval umumiy hisobda besh mamlakat Qatar bilan munosabatlarni uzib qo‘ygan edi. Shuningdek amirlik bilan havo va dengiz xabarlashuviga ham chek qo‘yildi.
Doha terrorchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash va Saudiya Arabistoni, Misr hamda boshqa mamlakatlardagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishda ayblandi.
Mavzuga oid

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025