Olimlar: Odamlar Yer havosini 2 ming yildan buyon ifloslantirib keladi

Foto: RIA
Insoniyat ikki ming yildan buyon Yer atmosferasini katta miqdordagi qo‘rg‘oshin va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslantirib keladi. GeoHealth jurnalida shu mavzudagi maqola taqdim etildi.
"Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, insonlar ikki ming yildan beri Yer havosini uzluksiz ifloslantirib keladi. Insonlar sonining keskin kamayishi va kasalliklar bilan bog‘liq iqtisodiy kollapslarning o‘ziyoq ifloslik darajasini bugun "tabiiy" hisoblanuvchi darajaga keltirgan", - deydi Harvard universiteti olimi Aleksandr Mor.
So‘nggi yillarda olimlar sanoat davri boshlangunga qadar inson faoliyati va Yer aholisi sonining o‘sishi iqlim va ekologiyaga qanday ta'sir qilganligiga faol qiziqish bildirishmoqda.
Asli tarixchi olim Mor insoniyatning tabiatni qo‘rg‘oshin va boshqa og‘ir metallar bilan ifloslantirish tendensiyasiga qiziqdi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, qadimgi rimliklar va boshqa ko‘p xalqlar idish-tovoq, quvurlar va boshqa uy anjomlarini tayyorlashda qo‘rg‘oshindan foydalanishgan. Olimlar qanday qilib bu jarayon o‘sha davrda Yevropa ekologiyasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligiga qiziqib qolishdi.
Ushbu savolga javob topish uchun Mor va uning hamkasblari, shu jumladan paleoklimatolog va geologlar so‘nggi ikki ming yilda shakllangan ulkan muz qatlamlari bo‘lgan Italiya va Shveytsariya Alplariga yo‘l olishdi.
Olimlar muz namunalarini to‘plab, qanday qilib sivilizatsiya rivoji, Rim imperiyasining qudrati va qulashi ifloslik darajasiga ta'sir qilishi mumkinligini tushunishga urinib, ulardagi qo‘rg‘oshin konsentratsiyasini o‘lchashdi.
Yevropa atmosferasining ifloslik darajasi so‘nggi ikki ming yil davomida juda yuqori bo‘lgani ularni taajjubga soldi. Ora-orada, ya'ni qo‘rg‘oshin konsentratsiyasi "tabiiy"ga yaqin bo‘lgan vaqtlarda kichik o‘zgarishlar kuzatilgan. Bunday keskin o‘zgarishlar, olimlarning fikricha, muhim tarixiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ularning eng yirigi mashhur "qora ajal", 1349-1353 yillardagi Yevropadagi eng kuchli o‘lat epidemiyasiga bog‘liq bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda aholining uchdan bir qismi halokatga yo‘liqqani bois qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish bir necha yilga butkul to‘xtatilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi
Jahon | 13:28
-
Xarkivda Rossiya dronlari zarbalarida 20 dan ortiq kishi jarohatlandi
Jahon | 12:50
-
Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni deyarli ikki barobar kamaydi
Jahon | 12:47
-
Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi maxsus sanksiyalar kiritdi
Jahon | 12:37
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

16:44 / 12.05.2025
Olimlar birinchi marta qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirdi

13:18 / 12.05.2025