Nima uchun Melaniya Tramp Vatikanda boshiga ro‘mol tashlab, Saudiyada bunday qilmadi?

AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp chorshanba kuni Vatikanga tashrif buyurganida boshiga ro‘mol tashladi, biroq bir necha kun avval aksariyat ayollar boshdan-oyoq o‘ranib yuruvchi Saudiya Arabistoniga borganida, u qirol huzurida ro‘molsiz namoyon bo‘ldi. Emirates 24|7 nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Farqi nimada? Javob - shaxsiy tanlov, diplomatik protokol va diniy qarashlarning murakkab birikmasida.
Birinchi xonim vakilasi Stefani Grishamning so‘zlariga ko‘ra, Tramp xonimning keyingi safarida qora vual yopishiga Vatikan protokoli sabab bo‘lgan, ya'ni papa bilan ko‘rishish kerak bo‘lgan ayollar uzun yengli qora rangli ko‘ylak kiyishi va boshini qora vual bilan yopishi kerak. Saudiya Arabistoni hukumati protokolida esa boshni hijob yoki ro‘mol bilan yopish so‘ralmagan, deydi Grisham.

Vatikandagi kiyinish qoidasiga hamma ham qat'iy rioya qilavermaydi, shu jumladan yuqori lavozimda ishlovchi ayollar ham. Ularning ko‘pchiligi pontifik huzuriga boshi ochiq holda kirgan - Germaniya kansleri Angela Merkel va Myanmaning bosh fuqarolik yetakchisi Aun San Su Chji shular jumlasidandir.
Bu yerda ayollarning aksariyati hurmat yuzasidan vual yopishadi. Tramp xonim katolik hisoblanadi, u milliarddan ortiq katoliklarning yetakchisi bo‘lgan Donald Trampga hamrohlik qilgani uchun ham shunday hurmat ko‘rsatgandir, ehtimol.
Shu kuni AQSh delegatsiyasidagi ayollarning barchasi yopinchiqda edi, shu jumladan prezidentning turmushga chiqqunga qadar iudaizmga murojaat qilgan qizi Ivanka Tramp ham.
Ta'kidlash joizki, AQShning birinchi xonimi shanba kuni Ar-Riyodga borganida yopinchiqsiz bo‘lgan bo‘lsa-da, odmi kiyimda bo‘lgan. U saudiyalik ayollar kiyadigan qora xalat yoki abayaga o‘xshash erkin harakatlanish imkonini beruvchi yengi uzun kiyimda bo‘lgan. U arab mamlakatiga ikki kunlik tashrifi davomida ayol mehmonlarga doir protokoldan chetga chiqmagan: yopiq kiyimlar, uzun yeng, uzun ko‘ylak yoki shim.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Jahon | 21:57
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

08:34
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

14:54 / 26.06.2025
AQSh Kongressida Trampning rafiqasi vizasi bilan bog‘liq mojaro yuzaga keldi

16:33 / 19.06.2025