Tsukerberg Harvardni tashlab ketganidan 12 yil o‘tib u yerda nutq so‘zlaydi

Foto: AP
Mark Tsukerberg 12 yil avval Facebook'ga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida tashlab ketgan Harvard universitetida chiqish qiladi. Daily Sabah shu haqida xabar berdi.
33 yoshli Tsukerberg 10 yil avval Harvardda chiqish qilgan boshqa mashhur ishbilarmon Bill Geyts izidan bormoqda - Geyts ham qachonlardir shu universitetdagi o‘qishini oxiriga yetkazmay, tashlab ketgan. 2005 yilda Stenfordda qachonlardir Oregonadagi Rid-kollejini tashlab ketgan Stiv Jobs nutq so‘zlagan.
Tsukerberg 2004 yilda Harvard yotoqxonasida Facebook faoliyatiga start bergan. Shu bilan birga u o‘zining turmush o‘rtog‘i Pristsilla Channi ham o‘sha yerda uchratgan.
Mark Tsukerbergning Harvarddagi nutqi uning Facebook sahifasida translyatsiya qilinadi. Seshanba kuni Mark va Pristsilla Tsukerbergning Harvarddagi yotoqxonasidan videorolik tayyorlashdi.
Mavzuga oid

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025
Meta kompaniyasi 3,6 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

22:30 / 07.01.2025