OAV: AQSh Alyaska va Kaliforniyada qo‘shimcha raketalar joylashtirishi mumkin

AQSh senatori Den Salliven (Alyaska shtati) AQSh kongressiga Alyaska va Kaliforniyada qo‘shimcha 28 ta tutib oluvchi raketani joylashtirish qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritmoqchi. Fox News telekompaniyasining ma'lum qilishicha, shu haftada taqdim qilinishi kerak bo‘lgan qonun loyihasi Shimoliy Koreya raketa sinovlarini o‘tkazgani tufayli AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining qo‘shimcha sinovlari o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Salliven taklif qilayotgan qonun loyihasi RQM tizimlari uchun yangi texnologiyalarni yaratishni jadallashtirishni va raketa uchirilgandan xabardor qiluvchi tizimlarni yaratish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi.
AQSh yangi RQM tizimini yaratish doirasida joriy yil oxirida Alyaska va Kaliforniyada umumiy hisobda shaxtada joylashuvchi 44 ta tutib oluvchi raketa joylashtirmoqchi.
Mavzuga oid

12:28
Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi

16:30 / 16.03.2025
Yaponiya KXDRga yaqin oroliga uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishi mumkin

11:00 / 16.03.2025
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?

08:37 / 16.03.2025