Jamiyat | 20:20 / 14.05.2017
6756
1 daqiqa o‘qiladi

Sidneylik erkak tamaddixonaga vertolyotda tashrif buyurdi

Foto: Twitter.com/@DailyMailAU

Avstraliyalik erkak tamaddixonadan o‘z buyurtmasini olish uchun u yerga vertolyotda tashrif buyurdi. U bu harakati bilan qonunni buzgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda 9NEWS telekanali.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Sidneyning shimolidagi tumanlardan birida yashovchi odamlar antiqa holat guvohi bo‘ldilar: tamaddixona yonida odatdagidek mashinalar o‘rniga vertolyot "qo‘nim topdi". Vertolyot uchuvchisi undan chiqib, tamaddixonadan buyurtmasini olib, yana uchib ketdi.  

Avstraliya fuqarolik aviatsiyasi Parvozlar xavfsizligi boshqarmasida ta'kidlanishicha, texnik jihatdan uchuvchi tamaddixona egasidan ruxsat bo‘lgandagina qonunni buzmagan holda tamaddixona hududiga qo‘nishi mumkin edi. 

Ayni vaqtda boshqarma uchuvchining harakatlari qonunga qanchalik to‘g‘ri kelishi bo‘yicha tergov olib bormoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid