AQSh Shimoliy Koreya tomon ballistik raketa uchirdi

Foto: U.S. Force
AQSh Tinch okeani uzra Shimoliy Koreya tomon qit'alararo yadroviy ballistik raketa Minuteman III’ning o‘quv parvozini amalga oshirdi. Bu haqda The Washington Times nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, o‘zida yadroviy zaryadni tashishga qodir bo‘lgan qit'alararo ballistik raketa 4 ming mil uchib o‘tib, AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida, Marshall orollari yaqinida okeanga tushgan.
Bu raketa uchirilishi 10 oydan ko‘proq vaqt davomida rejalashtirilgan. Raketa uchirilgan Kaliforniyadagi bazadan bir hafta oldin boshqa bir raketa uchirish rejalashtirilgandi.
2008 yil holatiga ko‘ra, AQSh hisobida Minuteman III ballistik raketasidan 450 dona turgan va ularga 550 ta yadroviy kallak o‘rnatilgan bo‘lgan. Qit'alararo ballistik raketalar AQShning turli shtatlaridagi aviabazalar shaxtalarida jangovar navbatchilikda turadi.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39