Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada bemorning uyga qaytishi 4 yilga cho‘zilib ketdi

Ruhiy holati jiddiy deya baholangan va jismoniy xarakterdagi muammolardan aziyat chekkan bemor Uelsdagi shifoxonalardan birida 1338 kundan ziyod qolib ketdi. 2017 yil yanvar holatiga ko‘ra, ismi sharifi oshkor qilinmagan bemor yana olti oy shifoxonada qolishi kerak bo‘lgan. Bu haqida BBC xabar berdi.
Shuningdek Uels shaharlarida bundan boshqa "kechiktirilgan chiqish"lar bilan bog‘liq bir necha holat qayd etilgan. Manbaga ko‘ra, eng ko‘p muddatga shifoxonada qolib ketgan yetti bemordan ikki nafari 589 va 583 kunni shifoxonalarda o‘tkazishgan.
Uels Milliy assambleyasi deputati Darren Millerning so‘zlariga ko‘ra, bunday kechiktirishlar shifoxonalarning bemorlarni parvarish qiluvchi ijtimoiy markazlar bilan hamkorligida muammolar mavjudligidan dalolat beradi.
20 aprel kuni Uels hukumati vakili "kechiktirilgan chiqishlar" sonining so‘nggi 20 yildagi minimal ko‘rsatkichga pasaygani haqida xabar berdi. Sog‘liqni saqlash milliy tizimi (NHS) ma'lumotlariga ko‘ra, bemorlarning shifoxonada asossiz o‘tkazgan kunlari soni so‘nggi yetti yilda ikki karra oshib, oyiga 200 mingni tashkil qilgan.
NHS vakillari shifoxonada o‘tkazilgan bir kunni 400 funtga baholashgan. Shu tariqa, Independent ro‘yxatida nomi keltirilgan yetti bemor uchun Britaniya byudjyetidan 1,5 million funt sarflangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Iqtisodiyot | 20:58
-
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:30
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
Mavzuga oid

07:30
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:08 / 10.07.2025