Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: O‘zbekistonda xususiy tibbiyot yanada rivojlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Hujjat sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot tashkilotlarining aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirishga qaratilgan.
Quyidagilar sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari etib belgilandi:
- O‘zbekistonning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlari tarmog‘i faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish;
- xususiy tibbiyot tashkilotlarining tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo‘llagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan xizmatlar ko‘lami va turlarini kengaytirishni har tomonlama rag‘batlantirish;
- xususiy tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan va sanitariya norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta'minlash;
- qulay kredit va lizing mexanizmlarini faol jalb etish orqali xususiy tibbiyot tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lami va hajmini tubdan oshirish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish va yetakchi xorijiy klinika hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda davolash-tashxis muassasalarini tashkil etish;
- tibbiy sug‘urta tizimini keng joriy etgan holda, aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordami bilan birga sifatli va arzon maslahat-tashxis, davolash, sog‘lomlashtirish va boshqa turdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish;
- ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda, tibbiy ta'limning zamonaviy usul va texnologiyalaridan foydalanish asosida xususiy tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida sifatli va samarali tizimni shakllantirish, xususiy tibbiyot muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash.
Shuningdek qaror bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasining xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun ruxsat berilgan tibbiy faoliyat turlarini, jumladan tibbiyot sohasida talab yuqori bo‘lgan kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik, urologiya va boshqa turlarini tubdan kengaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi, bunda tibbiy faoliyatning aholining salomatligi, hayoti va sanitar-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turlaridan tashqari barcha tibbiyot turlari qamrab olinadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

11:04
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025