"Mahalla" tizimida yangi lavozimlar joriy etiladi

28 mart kuni Toshkent shahar hokimiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha poytaxtda amalga oshirilayotgan ishlardan aholini boxabar qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.
Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgan mazkur farmon asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy mavzular bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek, Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma'rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimini joriy etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
Farmon asosida joriy etilayotgan lavozimlarga vatanparvar, har jihatdan yetuk va fidoyi kadrlarni tanlab olish maqsadida joylarda saylovlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda 2017 yilning 23 fevralida Oliy Majlis Senatining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fuqarolar yig‘inlarida saylovlarni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Xitoy migratsiya sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:31
-
“Qaynab turgan qozonga tashlashdi”. Niderlandiyadagi o‘zbek dizayneri – Yevropadagi hayot va dizayn haqida
Jamiyat | 14:03
-
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
Jahon | 13:43
-
Oq uydan HAMASga ogohlantirish, Putin bilan muloqot qilgan Tramp va Rossiya neftidan voz kechayotgan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 13:41
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025
“Shols yorqin lider bo‘lolmadi, Germaniyaga esa yana millatchilik xavf solmoqda” – nemis hukumati tarkibida kimlar bo‘ladi?

19:42 / 24.02.2025
Germaniyada saylov: Shols partiyasi uchinchi o‘rinda, populistlar esa rekord o‘rnatdi

16:12 / 13.01.2025