Matn kiritishning yangi usuli o‘ylab topildi

Yaqinlar va tanishlarimizning xabarlariga javob yozish, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni izohlash, qidiruv xizmatidan foydalanish va ko‘plab boshqa matnlarni terish uchun har kuni qancha vaqt yo‘qotishimizni hisoblash qiyin. Matn kiritishning asosiy usullari u qadar ko‘p emas, lekin ularning barchasi gadjyet foydalanuvchilari orasida keng qo‘llaniladi. Shotlandiyalik olimlar matn terishning yana bir usulini o‘ylab topishdi, bu sizlarga biroz noodatiy tuyulishi mumkin. Hi-News'da shu haqida ma'lumot berildi.
Shotlandiyaning Sent-Endryus universiteti xodimlari o‘z ixtirolarini SWiM (Shape Writing in Motion) deb atashdi. Sizda katta fablet yoki planshet bo‘lsa, unda bir qo‘lda, ba'zan esa ikki qo‘lda ham matn terish u qadar qulay emasligini yaxshi bilsangiz kerak. Ishlab chiqaruvchilar bu muammoni hal qilishga ko‘p bor urinishdi: klaviatura ikki qismga (har bir qo‘lga alohida) ajratildi, uning hajmi kichraytirildi va hokazo. Biroq shu kungacha eng qulay, asosiysi - universal qarorning o‘zi yo‘q.
Shotlandiyaliklar gigant gadjyetlar hamda mitti qurilmalarda matn terishning noodatiy usulini taklif qilishdi. Bundan buyon qurilmadagi boshqa tugmani bosib yuborishdan cho‘chimasa ham bo‘ladi. Foydalanuvchi kursorni virtual klaviaturadagi harflar bo‘yicha harakatlantirsa bo‘lgani. Hattoki tajribasiz kishilar ham bir yarim soatda daqiqasiga 32 so‘z terishgan va matn terish tezligini oshirishda davom etishgan.
SWiM aqlli soatlar, shuningdek katta ekranli fabletlar kabi gadjyetlarga juda mos tushadi. Ishlab chiqaruvchilar zarurat tug‘ilgan taqdirda tizimni virtual reallikka ham moslashtirish mumkinligiga ishonch bildirishmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi

11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor

21:17 / 30.12.2024
2024 yilda odamlar 2,5 oy vaqtini smartfonga sarflagan - tadqiqot

22:19 / 09.11.2024