Jamiyat | 15:07 / 15.03.2017
7760
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya maktablarida uyali aloqa signali bloklanadi

Illyustrativ foto

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil gadjyetlarga haddan ziyod qiziqishi muammosini hal qilish va ularning olayotgan baholari obektivligini oshirish uchun qonunchilar o‘quv muassasalarida radiosignal blokiratorlarini o‘rnatishni ma'qullashdi. O‘qituvchilarning ta'kidlashicha, gadjyetlar dars vaqtida o‘quv jarayoniga halaqit beradi. "Vedomosti"da shu mavzuda so‘z yuritildi

Bugunga qadar blokatorlarni qo‘llash yoki qo‘llamaslik haqidagi qaror bevosita mahalliy hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan edi. Endi esa bu talab federal bosqichga olib chiqilgan. O‘quv muassasalarida qanday uskuna o‘rnatiladi, uni qaysi tamoyillarga ko‘ra tanlashadi va xarid qilishadi, hozircha noma'lum. 

G‘oyani amalga oshirishga bir muammo to‘siq bo‘lishi mumkin: blokiratorlarning ta'sir doirasi o‘quv muassasi hududi bilangina chegaralanmaydi, demak, okrugdagi barcha mobil aloqa signallari bloklanadi. Qurilmaning narxi qimmatligi inobatga olinsa, uni qo‘llashdan voz kechilishi ham mumkin. Amalda bu yaqin atrofda yashovchi aholiga jiddiy tashvish tug‘diradi, masalan ular zarur vaqtda shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasliklari mumkin. Amaldorlar bu borada qanday qaror qabul qilishlari hozircha noma'lum. 

Mavzuga oid