«Chelsi» va «Real» futbolchilarini almashishi mumkin

«Real» o‘z hujumchisi Alvaro Moratani «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azarga almashtirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Azarni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va uning uchun Morataga qo‘shib ma'lum miqdordagi pulni to‘lashga tayyor.
Transfermarkt.de portalida belgiyalik futbolchiga 70 million yevro, ispaniyalik yosh hujumchiga esa 40 million yevro narx belgilangan.
Joriy mavsumda 26 yoshli Azar «Chelsi» uchun barcha turnirlar doirasida 29 uchrashuv o‘tkazgan va 11 gol urgan. 24 yoshli Morata esa madridliklar jamoasining barcha turnirlaridagi ishtiroki davomida 13 golga mualliflik qilgan.
«Real» ayni vaqtda 59 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 66 ochko bilan yakkapeshqadam bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»

14:12 / 25.01.2025