Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL klublari yanada boyish yo‘lini topishdi

APLning 8ta klubi yanada ko‘proq mablag‘ ishlab topish maqsadida Sporting Group International kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, kompaniya klublar formasidagi chap qo‘l qismidagi bo‘sh joyga reklamalar joylashtirish bilan shug‘ullanadi. Jamoalar buning evaziga yiliga qo‘shimcha 10 million funt sterlinggacha ishlab topishi mumkin bo‘ladi. Qo‘l qismidagi reklama joyi titul homiysi to‘laydigan pulning 20 foizini tashkil qilishi kutilmoqda. Misol uchun «Manchester Yunayted titul homiy sifatida Chevrolet‘dan yiliga 47 mln. funt olsa, endi qo‘l qismidagi reklama uchun ushbu mablag‘ning 20 foizi, ya'ni salkam 10 mln. funt qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida APL logotipi futbolkaning o‘ng qo‘l qismidagi joyini saqlab qolaveradi.
Ushbu masala bo‘yicha kelishuv kelgusi mavsumdan kuchga kirishi aytilmoqda. Hozircha 8ta klub bu bo‘yicha shartnomaga imzo qo‘ygan, biroq yana 2 klub titul homiy bilan kelishuvga binoan kiyimda boshqa logotipdan foydalanish huquqi yo‘qligi uchun bu shartnomani imzolay olmaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i

22:07 / 16.08.2024