Davlat departamenti eronlik «Oskar» sovrindoriga yo‘llagan tabrigini olib tashladi

AQSh Davlat departamenti Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida eronlik kinematografistlarning «Kommivoyajyer» filmi «Oskar» mukofotini olgani munosabati bilan tabrik joylashtirdi. Eronliklar filmi «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» uchun beriladigan mukofotga loyiq ko‘rilgan edi. Reuters agentligining xabariga ko‘ra, departament bu xabarni biroz vaqtdan so‘ng olib tashlagan.
Ta'kidlanishicha, departament tabriknomani fors tilida e'lon qilgan, unda Eron xalqi va rejissyor Asqar Farhodiyni qutlagan.
«Tabriknoma e'lon qilindi. Keyinroq, biz uni o‘chirib tashladik. Chunki AQSh hukumati tashakkur bildirilgan so‘zlardagi izohlarni qo‘llab-quvvatlar ekan, degan noto‘g‘ri tushuncha bo‘lmasligi uchun shunday qildik», — degan Davlat departamenti vakili agentlikka.
Avvalroq, Eron hukumati ham Farhodiyni «Oskar» olgani bilan tabriklagan edi.
AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni tufayli «Kommivoyajyer» rejissyori Asqar Farhodiy va kartinaning boshqa ishtirokchilari Los-Anjyelesga kelishdan bosh tortishgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51