Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada jinoyatchilarga bankni tunash uchun yarim daqiqa kifoya qildi
Argentina poytaxti Buenos-Ayresdan 30 km uzoqlikda joylashgan Tigr shahridagi bank bo‘limi 4 nafar qurollangan jinoyatchi tomonidan 30 soniya ichida tunab ketildi. Todo Noticias telekanali ma'lum qilishicha, jinoyatchilar o‘zlari bilan 750 ming peso (47 ming dollar) olib ketishgan.
Kuzatuv kameralaridan olingan videoyozuvda niqoblarda bo‘lgan ikki jinoyatchi Mercedes-Benz mashinasidan tushib, bankning oynavand eshigini bolg‘a bilan sindirishayotgani aks etgan. Bu paytda miltiqlar bilan qurollangan qolgan ikki jinoyatchi esa mashinada bo‘lgan. 14 soniyadan keyin jinoyatchilar bank binosidan banknomatlarga yuklanishi kerak bo‘lgan pullar bog‘lami bilan chiqib, avtomobilga o‘tirib g‘oyib bo‘lishgan.
O‘g‘rilikni amalga oshirish uchun 24 soniya ketgan. Yana 6 soniya jinoyatchilardan biriga mashina oldida tushib qolgan buyumni olish uchun ketgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar o‘g‘rilik vaqtida birorta ham o‘q uzishmagan.
Ayni vaqtda politsiya voqeani tergov qilmoqda. U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar mashinani bankdan bir necha mavze uzoqlikda tashlab, boshqa mashinaga o‘tirib ketishgan.

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025