Jamiyat | 10:13 / 03.01.2017
6606
3 daqiqa o‘qiladi

TM Musaffo tomonidan o‘tkazilgan yutuqli aksiyada Chevrolet SPARK yutib olgan iste'molchi o‘z tuyg‘ularini izhor etdi

Illyustrativ surat

TM Musaffo savdo belgisi tomonidan  “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARKni yutib ol”  aksiyasi boshlangan edi. Aktsiyaning eng yuqori yuqtug‘i bo‘lmish “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK avtomobili shu yil yutib olindi.

Ushbu yutug‘ sohibi Kun.uz saytiga bu haqida intervyu berib, shunday deydi: “Sog‘lig‘imda biroz salbiy holatlar sezilib, shifoxonaga yotib qoldim. Shifokorlar tabiiy, toza sut ichishni maslahat berishdi. O‘zimiz tomondan bir-ikki marta olib keltirdim, ammo buning doim ham imkoni bo‘lavermasdi.

Ana shunda tanishlarimdan biri, “Musaffo” sutini iste'mol qilishini, u tabiiyligi bilan, foydali ozuqalarga boyligi bilan ajralib turishini aytib qoldi. Bundan tashqari, ushbu savdo belgisi tomonidan yutuqli aksiya o‘ynalayotgan bo‘lib, eng katta yutug‘ sifatida Chevrolet SPARK avtomobili qo‘yilgan ekan.

Avvalo, shuni aytishim mumkinki, “Musaffo” sutini o‘zimga, sog‘lig‘imga zarur bo‘lgani uchun iste'mol qila boshladim. Shu asnoda qadoqdagi promo-kodlarni SMS ko‘rinishida 1965 raqamiga jo‘natishni boshladim.

Oradan biroz vaqt o‘tib, sog‘ayib ketgach, shifokorlar uyga javob berishdi. Kunlardan bir kun menga qo‘ng‘iroq qilishib, “Musaffo” savdo belgisi tomonidan o‘tkazilgan yutuqli aksiyada Chevrolet SPARK avtomobili yutib olganimni aytib qolishdi. Ochig‘i, ishonmadim. Akamga murojaat qildim. Ikkalamiz surishtirib bildik-ki, bularning bari haqiqat ekan. 

Shu o‘rinda aytmoqchi manki, “Musaffo” savdo belgisi tomonidan o‘tkazilgan mazkur aksiyada bundan oldingi bosqichlar g‘oliblari o‘z yutuqlarini qabul qilib olishganidek, men ham o‘z yutug‘imning sohibi bo‘ldim. Bundan judayam xursandman. Hissiyotlarimni til bilan ifodalashga ojizman. “Musaffo” savdo belgisi mutasaddilarining halolligi, xushmuomalaligi va o‘z ishlariga mas'uliyat bilan yondashishlari menga juda manzur keldi”.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid