Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika organlari tomonidan barcha hisobotlar faqat elektron ko‘rinishda kabul qilinmoqda

2016 yil 28 dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Mustaqillik yillarida davlat statistika tizimida ilg‘or xalqaro metodologiyani joriy etish hamda tadbirkorlik sub'yektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berish, mamlakat hayotida uning rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng miqyosli chora-tadbirlar natijasida, yuridik maqomga ega bo‘lgan kichik biznes sub'yektlari soni 2000 yildagi 125,6 mingdan 2016 yilda 207,1 mingtaga ko‘paydi.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlari uchun davlat statistika hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida bepul taqdim etiladigan «eStat 2.0» statistik hisobotlarni elektron ko‘rinishda yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi.
Natijada, 2011 yilda respondentlarning atigi 4 foizi elektron ko‘rinishda hisobot topshirgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib bu raqam 98,4 foizga yetdi, 2015 yildan esa statistika organlari tomonidan barcha hisobotlar faqat elektron ko‘rinishda kabul qilinmoqda.
Shuningdek, statistika organlari tomonidan oxirgi besh yilda 10 ta axborot tizimlari ishga tushirildi. 2016 yildan boshlab, davlat statistika organlari tomonidan jahon amaliyotida umumqabul qilingan Yalpi ichki mahsulot tuzilmasi hisobi uslubiyotini joriy etish va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni Faoliyatning xalqaro standart tasniflagichi asosida shakllantirishni ta'minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Buning natijasida, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning statistik va tahliliy ko‘rsatkichlarini taqqoslash bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:22
-
🔴LIVE: AQSh Hamasdan “arazladi”, Suriyada saylov belgilandi | “Geosiyosat”
Jahon | 11:10
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi

18:19 / 21.09.2024