Video: Futbol hakami golli uzatma muallifi bo‘ldi

Germaniyaning ikkinchi Bundesligasi "Union Berlin" va "Groyter Fyurt" jamoalari o‘rtasidagi o‘yini chog‘ida qiziq holat ro‘y berdi. Gap shundaki, unda urilgan gollardan biriga hakam sabab bo‘ldi. Uning videolavhasi 20 dekabr kuni Bundesliganing YouTube saytidagi rasmiy sahifasiga joylashtirildi.
Hakam Bibiana Shteynxaus o‘zi xohlamagan holda mehmon jamoaning gol urishida ishtirokchiga aylanib qoldi. "Union" himoyachisining to‘pni o‘z jarima maydonidan uzoqlashtirishga urinishi omadsizlikka uchragan: zarba hakamga tegib, to‘p "Groyter Fyurt" hujumchisi oyog‘iga kelib tushgan. U esa, qulay imkoniyatdan foydalanib, raqib darvozasi burchagini aniq nishonga ola bilgan.
"Union" o‘yinchilarining e'tirozlariga qaramay, hakam, golni hisoblashga qaror qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Mavzuga oid

15:27
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi

11:18 / 14.03.2025
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

19:18 / 12.03.2025
“Talablari juda og‘ir, hukumat qiyinchiliklarga duch keladi” – Germaniyadagi ish tashlashlar haqida suhbat

12:45 / 10.03.2025