«Chelsi» rahbariyati qishki transferlar uchun 5 futbolchini kuzatmoqda

«Chelsi» qishki transferlar vaqtida Oskarni «Shanxay Telleys»ga 60 million funt evaziga pullab, bu mablag‘ni jamoa mudofaasi va yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun sarflashi mumkin.
The Guardian nashri ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar klubi «Monako»ning 2 futbolchisi – himoyachi Jibril Sidibe va xavbek Temue Bakayokoga qiziqmoqda.
«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte va jamoa texnik direktori Maykl Emenalo noyabr oyida monegasklarning Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida Londonda «Tottenhem»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinini tribunada turib tomosha qilgan.
Bundan tashqari, «Chelsi» skautlari «Fenerbahche» himoyachisi Simon Ker hamda «Roma»ning ikki futbolchisi – himoyachi Antonio Ryudiger va xavbek Radja Naynggolanni kuzatmoqda.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:10 / 07.02.2025
«Siti»da qayta qurish va Saudiya ertagi davom etishi. Qishning asosiy transferlari

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025