Putin Rossiya elchisi Karlovning nima uchun tansoqchilari bo‘lmaganiga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya davlat dumasi rahbariyati bilan uchrashuvda Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning Rossiyaning Turkiya elchisi, 19 dekabrda suiqasd oqibatida halok bo‘lgan Andrey Karlovda tansoqchilar bo‘lmaganidan g‘azablanishiga javob berdi.
Putin bunda gap Turkiya tomonda emasligini aytdi.
"Umumiy qoida mavjud. Elchixonaning qurollangan qo‘riqlash xizmati faqatgina elchixona hududida ishlashi mumkin. Gap Turkiyada emas, ko‘plab davlatlarda shunday qilinadi. Biroq siz haqsiz, ba'zi davlatlarda, ayniqsa yuz berayotgan jarayonlar hisobga olingan holda, boshqacha yo‘l tutish haqida kelishib olsa bo‘lardi", deb aytdi Putin.
Mavzuga oid

22:56 / 14.03.2025
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor

21:48 / 14.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda

20:18 / 14.03.2025
Tramp: «Putin bilan juda yaxshi va samarali muzokara o‘tkazdik»

17:45 / 14.03.2025