Pentagon rahbari Yaponiyaning eng yirik harbiy kemasini ko‘zdan kechirdi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Yaponiyaning eng yirik harbiy kemasi — "Izumo" vertolyot tashuvchisi bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.
"Izumo" vertolyot tashuvchisining suv sig‘imi 19,5 ming tonna bo‘lib, Tokio janubi-g‘arbidagi Kanagava prefekturasi Yokosuka bazasida joylashgan. Kemadan suzuvchi harbiy baza sifatida ham foydalanish mumkin.
AQSh va Yaponiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda "Izumo"dan foydalangan, xususan, Osprey konvertoplanlarini uchirish va qo‘ndirish amaliyotlari o‘tkazilgan edi.
Kiodo ma'lumotlariga ko‘ra, Karter 6 dekabr kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.7 dekabrda esa hamkasbi Tomomi Inada bilan harbiy hamkorlik masalalarini muhokama etadi.
"Izumo" tasnifidagi mina tashuvchi-vertolyot tashuvchi kema.
Mavzuga oid

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

05:00 / 11.03.2025
Yaponiya strategik zaxiralardagi guruchni sotish bo‘yicha birinchi auksionni o‘tkazdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

22:07 / 10.03.2025