AQSh Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga saylangani bilan qutladi

Foto: © RIA
Amerika Qo‘shma Shtatlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Shu bilan birga, Vashington mintaqadagi barqarorlik saqlanishiga va Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida islohotlar o‘tkazilishiga umid bildirgan, Davlat departamenti vakili Mark Toner jurnalistlar bilan muloqotida shu haqda ma'lum qilgan.
"Umuman, biz Prezident v.b. va Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi Prezidenti sifatida saylangani bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifasini ochar ekan, biz mintaqaviy barqarorlik ta'minlanishiga va keng miqyosli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar boshlanishiga umid qilamiz", — degan Toner.
Uning ta'kidlashicha, YeXHT missiyasi saylovlardagi "qator kamchiliklar" va "saylov jarayonidagi nuqsonlar"ni qayd etganiga qaramay, saylovlardagi shaffoflik ta'minlanganini olqishlagan.
"AQSh elchixonasi ham kuzatuv ishlarini olib borgan", — degan Toner, uning natijalariga oydinlik kiritmagan.
2016 yil 4 dekabrida O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tdi. MSK bayonotiga ko‘ra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz to‘plagan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

00:40
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi

00:03
Trampning «Amerika smartfoni» aslida xitoyniki bo‘lib chiqdi - OAV

22:42 / 20.06.2025
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

14:15 / 20.06.2025