Volkswagen salkam 4 mlrd yevro tejash uchun necha ming xodimini qisqartirishini bildirdi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi kasaba uyushmalari bilan 23 ming nafar ish o‘rnini qisqartirish va 3,7 mlrd yevro mablag‘ni iqtisod qilish borasida kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg o‘z manbalariga asoslangan holda.
Kasaba uyushmalari rahbariyatning elektrokarlar ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish xususida bergan va'dalariga ishongan holda, ayni qarorga rozilik bildirgan.
Volkswagen elektromobillar ishlab chiqarish sohasida 9 ming ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda. Kasaba uyushmalari bilan kelishuv doirasida bu kabi avtomobillar Volkswagen kompaniyasining Germaniyadagi Volfsburg va Tsvikkau zavodlarida yig‘iladi.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025