Jamiyat | 19:53 / 10.11.2016
15625
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan oyda Trampni cho‘chqa deb atagan De Niro endi uni urish fikridan qaytdi

Amerikalik aktyor Robert De Niro Donald Trampning yuziga urish rejasini qayta ko‘rib chiqqani va bu rejadan voz kechgani haqida ma'lum qildi. U bu haqda Tramp AQSh prezidenti etib saylangunga qadar aytgan edi.

Aktyor Jimmy Kimmel Live teleshousida bu narsani qilishni istamasligini ayta turib, shunday deydi: «Men endi bu ishni qilishni istamayman, axir u prezidentku. Men uni prezident sifatida hurmat qilishim kerak. Biz u nima ishlar qilishini kuzatishimiz kerak. Lekin aytishim kerakki, hozir ko‘pchilik odamlar uning saylanganidan norozi va ko‘chalarga chiqib, namoyishlar uyushtirishmoqda».

Uning aytishicha, u Trampni hurmat qilsada, uning prezidentga aylanganidan keyin o‘zini «juda yaxshi» his qilmayapti.

Oktyabr oyi boshida De Niro Trampni cho‘chqa deb atagan va uning yuziga bajonidil musht tushirishini aytgandi.

«U qo‘rqinchli darajada ahmoq. U cho‘chqa. U bizni yerga uradi. Men mamlakatimiz bu ahvolga tushganidan uyatdaman. U odamlarni urishga tayyorligini aytadi. Men ham aytaman, uning yuziga bajonidil musht tushirgan bo‘lardim», degandi o‘shanda u.

Mavzuga oid