Jahon | 15:56 / 07.11.2016
3920
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston va Rossiya hukumatlari aviaqatnovlar muammosini muhokama qiladi

Foto: tjournal

Tojikiston aviatsiya boshqarmasi vakillari Rossiyaning soha mulozimlari bilan Podmoskovedagi “Jukovskiy” aeroportidan reyslarni amalga oshirishga oid muammolarni muhokama etmoqda. Bu haqda Rossiya transport vazirligiga tayangan holda RIA “Novosti” agentligi xabar qilmoqda. 

Vazirlikda ma'lum qilishlaricha, uchrashuv natijasi kunning ikkinchi yarmida ma'lum bo‘ladi. «Hozircha, Rossiya tomonining talabi o‘zgargani yo‘q», — degan vazirlik vakili. 

Tojikiston transport vazirligi delegatsiyasi 4 noyabr kuni Moskvaga yo‘l olgan edi. Vazirlik rahbari Sherali Ganjalzoda, uning mamlakati o‘z aviabozorini himoya qilish niyatida ekanini va parvozlarning teng taqsimlanishi qoidasiga rioya qilishni maqsad qilayotganini bildirgan edi. 

Undan bir kun avval, 3 noyabrda «Kommersant'» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiya Tojikiston bilan aviaaloqalarni bekor qilish bilan tahdid solayotgani haqida yozgandi. Agar rasmiy Dushanbe “Jukovskiy” aeroportidan parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bermasa, Moskva shunday choraga qo‘l urishi ta'kidlangandi. 

Mavzuga oid